Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim texnik vositalar soliq va bojdan ozod qilinmoqda

Ayrim texnik vositalar soliq va bojdan ozod qilinmoqda

Foto: Xabar.uz

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-992-son, 05.11.2024 y.) bilan Soliq hamda Bojxona kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Qonun bilan Soliq kodeksiga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan olinadigan tezkor qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining respublika hududiga olib kirilishini soliq solishdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar, shuningdek, mazkur texnik vositalar aksiz solig‘i solinadigan ob’yekt hisoblanmasligiga doir qo‘shimcha kiritilmoqda. 

Bojxona kodeksiga yuqorida ko‘rsatilgan texnik vositalarni boj to‘lashdan ozod qilish tarzida tarif imtiyozlari berilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.

Shuningdek, harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa idoralar harbiy yuklarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imini to‘lashdan ozod qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring