Ayrim mutaxassislarning maoshi oshirildi
Innovatsion rivojlanish vazirining buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3104-2, 2.11.2020-y.) bilan ITMning ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta’minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat ko‘rsatish vazifalari yuklatilgan muhandis-texnik xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda «Norma» xabar bermoqda.
O‘zgartirishlar Prezidentning 30.12.2019 yildagi «O‘zbekiston Respublikasining «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-4555-son qarorining 7-bandiga muvofiq kiritilmoqda. Ushbu bandga asosan 2020-yil 1-fevraldan boshlab budjet muassasalari xodimlarining ish haqi miqdori 1,07 baravarga oshirilgan.
Maoshlar quyidagi miqdorlarda belgilangan:
Lavozim |
Bazaviy lavozim maosh miqdorlari (MHEKMda) |
Bosh muhandis |
6,35 |
Bosh konstruktor, bosh texnolog |
5,63 |
Yetakchi muxandis, yetakchi konstruktor, yetakchi texnolog tegishli faoliyat sohasida ish staji mavjud bo‘lganda: |
|
kamida 5 yildan ko‘p bo‘lgan |
4,8 |
kamida 2 yildan 5 yilgacha |
4,52 |
Oliy ma’lumotli mutaxassislar (muhandislar, konstruktorlar, texnologlar) tegishli faoliyat sohasida ish staji mavjud bo‘lganda: |
|
kamida 5 yildan ko‘p bo‘lgan |
3,29 |
kamida 2 yildan 5 yilgacha |
3,09 |
2 yilgacha |
2,83 |
O‘rta ma’lumotli mutaxassislar (muhandislar, konstruktorlar, texnologlar) tegishli faoliyat sohasida ish staji mavjud bo‘lganda: |
|
kamida 5 yildan ko‘p bo‘lgan |
2,77 |
kamida 2 yildan 5 yilgacha |
2,6 |
2 yildan kam |
2,4 |
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.11.2020 yildan kuchga kirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter