Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin – O‘zgidromet

Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin – O‘zgidromet

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 28 yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 2-4, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Cho‘l hududlarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-8 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq, cho‘l hududlarida kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.  

Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.  

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.  

Qolaversa, 27-31 yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring