Ayrim joylarda qor yog‘adi, harorat pasayadi

O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 19-21 yanvar kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.
Bugundan O‘zbekiston hududiga nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning sharqiy hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati kunduzi 5-10 daraja iliqdan, shimolda 3 daraja sovuq-2 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi.
Ertaga faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik saqlanib turadi. O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Ko‘pchilik hududlarda havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 3-8 daraja iliqni, shimolda kechasi 8-13 daraja sovuqni, kunduzi 0-5 daraja iliqni tashkil etadi.
Yakshanba kuni mamlakatimiz hududida ochiq va quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq atrofida bo‘lishi saqlanib turadi, kunduzi 7-10 daraja iliqqacha ko‘tariladi, respublika shimolida kechasi 5-10 daraja sovuqqacha, kunduzi 2-7 daraja iliqqacha bo‘ladi.
20-21 yanvarda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida ushbu kunlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
Poytaxtimizda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol tezligi 3-8 m/s atrofida bo‘ladi. Kechasi havo harorati 1-3 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 4-7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter