Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ayrim imtiyozlardan voz kechiladi» — vazir

«Ayrim imtiyozlardan voz kechiladi» — vazir

Foto: AOKA

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov oliy ta’limga kirishda berilgan ayrim imtiyozlardan voz kechilishini ma’lum qildi.

«Bugun maktabni bitirgan har 10 nafar o‘quvchining 4 nafari O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasida o‘qish imkoniyatiga ega. Shunday ekan, biz ilgari berilgan imtiyozlarni qayta ko‘chirib chiqishimiz kerak.

Bu o‘quv yilida biz imtiyozlarni inventarizatsiya qilamiz. Men ularning sonini aytmoqchi emasman, ularning soni ko‘p va xo‘p. Biz keyingi o‘quv yilidan boshlab o‘z umrini yashab bo‘lgan imtiyozlardan voz kechamiz.

Umuman, ta’lim va tadbirkorlikka imtiyozlar berilayotganda juda ko‘p mezonlar hisobga olinishi kerak. Bu masalalarga endi nuqta qo‘yilyapti», — dedi Toshqulov. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring