Kelgusi yildan ayrim brend mahsulotlar importida bojxona imtiyozlari qo‘llanadi
2023-yil 1-yanvardan boshlab xalqaro brendlar tovarlarining 55 nomdagi turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida O‘zbekistonga olib kirishda import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari tasdiqlandi.
Bu borada Prezidentning «Aholini xalqaro brendlarning sifatli mahsulotlari bilan ta’minlash va mahalliy korxonalarning global qo‘shilgan qiymat zanjirlariga kirishi uchun qo‘shimcha sharoit yaratishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Shuningdek, hujjat bilan:
- mazkur qaror bilan tasdikdangan import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari ITSV tomonidan yuritiladigan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestriga asosan qo‘llaniladi;
- Tarif va notarif tartibga solish kengashi xulosasiga asosan Reyestrga xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzgan import qiluvchilar kiritiladi;
- mazkur qarorga ilovada nazarda tutilgan tovarlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqdash ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchilar tomonidan ma’lum qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter