Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ayollar maslahat markazlari» xotin-qizlarga qanday yordam ko‘rsatadi?

«Ayollar maslahat markazlari» xotin-qizlarga qanday yordam ko‘rsatadi?

Illyustrativ surat

Foto: Xalqaro Press-klub

Respublikaning barcha hududlarida Xotin-qizlar qo‘mitalari tomonidan tashkil etilgan «Ayollar maslahat markazlari» ish olib bormoqda. Mazkur markazlarda malakali mutaxassislar, psixolog, xuquqshunos va tibbiyot xodimlari faoliyat yuritadi, ular xotin-qizlarga bepul xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

«Ayollar maslahat markazlari»ga murojaat qilgan ayollarga quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi.

— xuquqiy;

— tibbiy;

— psixologik qo‘llab-quvvatlash va ko‘mak berish.

Xotin-qizlar qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilning birinchi choragida Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston respublikasi miqyosida «Ayollar maslahat markazlari»ga uch mingga yaqin ayol murojaat qilgan. Ularga markaz xodimlari tomonidan tibbiy-psixologik hamda huquqiy yordam ko‘rsatilgan.

 Xotin-qizlar qo‘mitasi ijtimoiy ko‘makka, tibbiy-psixologik va huquqiy yordamga muhtoj ayollarni hududlardagi «Ayollar maslahat markazlari»ning ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishga chaqiradi va har qanday muammoga yechim topishga va’da beradi. 

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda faoliyat yuritayotgan «Ayollar maslahat markazlari»ning ishonch telefonlari ro‘yxati:


Qoraqalpog‘iston Respublikasi     -(361)-  222-72-05        «Ayollar maslahat markazi»
.Andijon viloyati                            -(374)-  223-25-60 «Ayollar maslahat markazi»
Buxoro viloyati                                 -(365)-  224-11-33
             224-65-11
         
 «Oydin nur» ijtimoiy markazi
Jizzax viloyati                                -(372)-  226-52-62           «Qalb nuri» ijtimoiy markazi
Qashqadaryo viloyati                         -(91)-   215-55-11           «Qalb mehri» ijtimoiy markazi
Navoiy viloyati                                -(436)-  220-11-58 «Ayollar maslahat markazi»
Namangan viloyati                            -(369)-  233-05-85           «Ayollar maslahat markazi»
Samarqand viloyati                          -(366)-  233-19-44          «Rozilik» ijtimoiy markazi
Sirdaryo viloyati                              -(367)-  225-00-87         «Ayollar maslahat markazi»
Surxondaryo viloyati                     -(90)-    746-07-64         «Ayollar salomatlik va go‘zallik   ijtimoiy-huquqiy ko‘nikma markazi"
Farg‘ona viloyati                         -(373)-   244-05-10          «Ayollar maslahat markazi»
Toshkent viloyati                         -(371)-   232-80-74          «Ayollar maslahat markazi»
Xorazm viloyati                           -(90)-     737-40-82          «Ayollar maslahat markazi»
Toshkent shahri                           -(371)-   200-30-30 «Ishonch maslahat markazi»
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring