«Ayol qo‘lini kesib, shifokorlarga qarshilik qilgan»: IIBB bayonoti
Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l qatnov qismida ayol kishi unga tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qarshilik qilayotganligi aks etgan video tarqalmoqda.
IIBB mazkur holat yuzasidan bayonot berdi.
Joriy yilning 29-mart kuni taxminan soat 18.00 larda, uyidagi oilaviy mojaro sababli o‘zining qo‘lini kesgan ayol 1987-yilda tug‘ilgan T.T. tez tibbiy yordam avtomashinasida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun olib ketilayotgan vaqtda, tibbiyot xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, salondagi maxsus jihozlarni tepib sindirgan.
Haydovchi fuqaroni tinchlantirish maqsadida, avtomashinani to‘xtatgan vaqtda ayol yonidagi turmush o‘rtog‘i va tibbiyot xodimlarining gapiga qaramasdan, yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan.
T.T. transport vositalari harakatlanishi uchun xavfli holatni yuzaga keltirib, jamoat tartibini buzgan, unga tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qarshilik qilgan. Hodisa joyga yetib kelgan IIO xodimlarining aralashuvi bilan T.T. tibbiyot muassasasiga olib borilgan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter