Axborot va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyaga boshliq tayinlandi
![Axborot va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyaga boshliq tayinlandi](https://static.xabaruz.com/crop/1/6/720_460_95_1633215748.jpg)
Hukumatning tegishli qarori bilan, G‘olibsher Meliboyevich Ziyayev Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i etib tayinlandi.
U tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasidagi Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Inspeksiyaning avvalgi boshlig‘i Asadjon Xodjayev esa Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter