Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi PR-markaziga rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi PR-markaziga rahbar tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Investitsiya va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi direktorining sobiq o‘rinbosari Akram Muhamatqulov endilikda PR-markaz faoliyatini boshqaradi.
U «Buyuk Kelajak» XNNTning davlat boshqaruvi yo‘nalishida eksperti, Migratsiya siyosatini rivojlantirish xalqaro markazida mas’ul lavozimda, shuningdek, Xenli end Partners kompaniyasida davlat organlariga maslahat berish bo‘yicha katta maslahatchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Vena Diplomatiya Akademiyasi (DA Wien), Markaziy Yevropa universiteti (CEU) hamda Markaziy Osiyodagi Amerika universitetilarini (AUCA) tamomlagan.
AOKAning PR-markaz rahbari xorijiy ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, media-maydonlar, forumlar, anjumanlarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning keng yoritilishini ta’minlash; strategik kommunikatsiya, ommaviy nashr va mamlakatning ijobiy imidjini shakllantirish; milliy brendni faol targ‘ib qilish va tanitish; shuningdek, O‘zbekistonning investitsiya va sayyohlik salohiyatini mustahkamlashga mas’ul bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter