Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Axborot xizmati xodimlari Buyuk Britaniyada malaka oshiradi

Axborot xizmati xodimlari Buyuk Britaniyada malaka oshiradi

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Shu yilning 23 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi, Buyuk Britaniya Birlashgan hamda Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Vazirlar Mahkamasi Kotibiyati o‘rtasida anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Memorandum doirasidagi hamkorlik O‘zbekiston davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari xodimlarining malakasini oshirishga yo‘naltirilgan bir qator maslahat va seminarlarni o‘z ichiga oladi.

Xususan, mamlakatda strategik aloqalarni rivojlantirishda tajriba almashish va qo‘llab-quvvatlash, idoralararo aloqa hamda ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish, asosiy vazirlik, idora va tashkilotlar axborot xizmatlari xodimlarining salohiyatini oshirish va davlat organlari faoliyati ochiqligini ta’minlashga qaratilgan seminar hamda boshqa tadbirlarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Seminarlar AOKA anjumanlar zalida Buyuk Britaniya Birlashgan va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Vazirlar Mahkamasi Kotibiyati mutaxassislari bilan birgalikda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi ko‘magida o‘tkaziladi. Tadbirlar idoralararo aloqalarni mustahkamlash, kampaniyalar olib borish, strategik aloqalar, raqamli eshittirishlar, OAV va kommunikatsiyalarni rejalashtirish ishlariga bag‘ishlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring