Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avval pichoqlab, keyin shifoxonaga olib bordi

Avval pichoqlab, keyin shifoxonaga olib bordi

Foto: «Tergov.uz»

2021-yil 10-may kuni soat 17:20 larda 35 yoshli D.Nuriddin «Qadimiy Angor» mahallasida yashovchi 43 yoshli M.Qulsoatlar Surxondaryo viloyati Angor tumani «Sharq Guli» mahallasi hududida joylashgan dehqon bozori yonidagi avtoturargohda o‘zaro kelishmovchiliklar sababli janjallashib qolgan. So‘ngra yaqin qarindoshlari hamda atrofdagilarning aralashuvi bilan janjal to‘xtatib qolingan. Biroq ushbu janjal yakunida M.Qulsoat D.Nuriddin uning uyi tomonga ketayotganligini ko‘rib, uning uyiga o‘ch olish niyatida ketayotganligini faraz qilgan. Ukasining uyiga kirib, oshxona pichog‘i bilan D.Nuriddinning avtomashinasi ortidan quvlagan. D.Nuriddin mashinadan tushib, uning yoniga kelgan vaqtida uning biqin sohasiga bir marotaba sanchib, unga tan jarohat yetkazgan. So‘ngra esa uni Angor tuman tibbiyot birlashmasiga olib borib, unga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida D.Nuriddinda o‘ng biqin sohasidan sanchib kesib kirgan jarohat aniqlangan bo‘lib, mazkur jarohatlar og‘irlik darajasiga ko‘ra, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari sifatida baholanishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Angor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan M.Qulsoatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 2-qismi «l» bandi (qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.Qulsoat protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring