To‘y marosimlarini o‘tkazish va avtotransport vositalarida harakatlanishdagi cheklovlar eslatildi
Respublika maxsus komissiyasi axboroti e’lon qilindi. Unga ko‘ra, joriy yil 1-iyul sanasidan boshlab bir qator cheklovlar kiritilgani xabar qilingandi.
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan (qizil reyslar) O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga o‘z hohishiga ko‘ra 14 kunlik karantin nazorati davrini haqini to‘lagan holda mehmonxonada o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.
Joriy yil 5-iyul sanasidan boshlab koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni davolash bilan bog‘liq quyidagilarni nazarda tutuvchi YaNGIChA TARTIB joriy etilmoqda.
Komissiya qaroriga ko‘ra, quyidagi sanitariya-karantin cheklovlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi:
- jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati ob’yektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash, uch kishidan ortiq yig‘ilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqob va qo‘lqopdan hamda antiseptik vositalaridan doimiy ravishda foydalanish;
- yo‘nalishlarda harakatlanayotgan avtobuslar salonlarida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etish, shu jumladan, yo‘lovchilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtirish;
- supermarket va boshqa yirik do‘konlarga kirishda fuqarolarni bepul tibbiy qo‘lqop bilan ta’minlash;
- «sariq» hududlarda (soat 06:00 dan – 22:00 ga qadar) va
- «qizil» hududlarda (07:00 dan – 10:00 gacha, 17.00 dan – 20.00 gacha)
AVTOTRANSPORT VOSITALARIDA harakatlanishga ruxsat berilgan vaqtdan boshqa vaqtlarda HARAKATLANMASLIK belgilandi.
- to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter