Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtoshinalar importi: donasi uchun kamida 3$

Avtoshinalar importi: donasi uchun kamida 3$

Foto: «mirkoles.com.ua»

Import bojxona bojlari stavkalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi (3.04.2019-yildagi PQ–4265-son qarorga qarang). Bu haqda «Norma» xabar berdi.

 Avvalo bojxona bojlari stavkalari uch turda bo‘lishini eslatib o‘tamiz:

  • advalor – soliq solinadigan tovarning bojxona qiymatiga foizlarda hisoblanadi;
  • maxsus – soliq solinadigan tovar birligiga belgilangan miqdorda hisoblanadi;
  • aralash – advalor va maxsus turdagi stavkalarni o‘zida jamlaydi.

Amaldagi stavkalarga o‘zgartirishlar kiritildi: ilgari advalor stavkalar qo‘llangan ikkita pozitsiya bo‘yicha aralash stavkalar joriy etildi (quyidagi jadvalga qarang).

2017-yilgi TIF TN kodi

Tovar nomi

Import bojxona boji stavkasi

04.04.2019 yilgacha

04.04.2019-yildan

4011

Yangi pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar *

10%

10%, biroq donasi uchun kamida 3 AQSh dollari

4012

Pnevmatik rezina, tiklangan yoki foydalanilgan shinalar va pokrishkalar; massiv yoki yarim pnevmatik shinalar va pokrishkalar, shina protektorlari va gardish tasmalari, rezinali

20%

20%, biroq donasi uchun kamida 3 AQSh dollari

* Izoh.

4011800000 «Transport vositalari va qurilishda, tog‘ ishida yoki sanoatda foydalaniladigan mashinalar uchun yangi shinalar» bundan mustasno, ular bo‘yicha stavka – 0.

Shu tariqa, o‘zgartirishlardan maqsad – import bojxona boji summasining quyi chegarasini joriy etish. U import qilinayotgan tovar birliklari sonini 3 AQSh dollariga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. So‘ng oddiy usul qo‘llaniladi: aralash stavka komponentlarining har biri alohida (advalor va maxsus stavkalar, tahr.) hisoblanadi va eng ko‘p chiqqani to‘lanadi.

Binobarin, donasi 30 AQSh dollaridan kam bo‘lmagan yangi yoki donasi 15 AQSh dollaridan kam bo‘lmagan tiklangan (foydalanilgan) avtoshinalarni import qilishda to‘lanishi lozim bo‘lgan boj miqdori oshdi.

Shartli misol: qiymati 100 AQSh dollarini tashkil etadigan, ya’ni donasi 25 AQSh dollaridan bo‘lgan yangi avtomobil shinalari komplektidan (4 dona) bojxona boji summasi o‘zgartirishlar kiritilgunga qadar 10 AQSh dollarini (100 AQSh dollari x 10%) tashkil etgan. O‘zgartirishlar kiritilgandan keyin xuddi shu miqdor va qiymatda u 12 AQSh dollarini (100 AQSh dollari x 10%, biroq kamida 3 AQSh dollari x 4 dona) tashkil etadi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.04.2019-yildan kuchga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring