Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Avtomobilsiz shanba va yakshanba» cheklovini buzgan haydovchilarga chora ko‘rildi

«Avtomobilsiz shanba va yakshanba» cheklovini buzgan haydovchilarga chora ko‘rildi

Foto: Xabar.uz

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan shanba va yakshanba (18-19-iyul va 25-26-iyul) kunlari respublika miqyosida avtotransport vositalari, shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilar harakati to‘liq to‘xtatilishi e’lon qilingan edi.

Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot guruhi rahbari katta leytenant Rustam Askarovning qayd etishicha, Toshkent viloyati bo‘yicha jami 245 (shanba kuni – 132, yakshanba kuni – 113) nafar haydovchilar karantin qoidalarini buzgan holda harakatlanishni davom ettirgani aniqlanib, avtotransportlar jarima maydoniga qo‘yilgan. Ushbu qoida buzgan haydovchilarning asosiy qismi Bo‘stonliq, Yuqori Chirchiq va Bekobod tumanlari hududiga to‘g‘ri keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring