Avtomobilni 5 foizli kreditga olish bo‘yicha aksiya e’lon qilindi
«UzAuto Motors» kompaniyasi Mustaqillik hamda Qurbon Hayiti munosabati bilan maxsus aksiyalar e’lon qildi.
2019-yilning 9-avgustidan e’tiboran siz o‘zingiz uchun 2 yilgacha bo‘lgan muddatga eng maqbul kredit shartlarda avtomobil xarid qilishingiz mumkin.
Aksiya shartlariga ko‘ra, «UzAuto Motors kompaniyasi Asaka bank bilan birgalikda «Lacetti» 1 poz. hamda GBO, «Malibu» va «Tracker» avtomobillarini dastlabki 50% to‘lov evaziga yillik 5% ustama bilan xarid qilishni taklif qilmoqda.
Aksiya amal qilish muddati – 2019-yilning 9 dan 31-avgustiga qadar belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter