Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtobus haydovchisi onaxonga jarohat yetkazib, qochib ketdi

Avtobus haydovchisi onaxonga jarohat yetkazib, qochib ketdi

Foto: «Toshtrans.uz»

Bektemir tuman shoh ko‘chasida «Isuzu» rusumli avtobusni boshqarib ketayotgan haydovchi keskin tormoz berishi natijasida avtobus salonida bo‘lgan yo‘lovchi tan jarohati olgan.

Jabrlanuvchi — 1961-yilda tug‘ilgan onaxonga tez tibbiy yordam ko‘rsatildi. Ammo haydovchi jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatish, hodisa haqida IIBga xabar berish o‘rniga voqea joyidan ketib qolgan.

Qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida haydovchi 1986-yilda tug‘ilgan A.A. ekanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur ish yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring