Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Avto 60 oy» MChJ mansabdorlariga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi

«Avto 60 oy» MChJ mansabdorlariga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi

«Avto oltmish oy» MChJning mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan dastlabki tergov harakatlari tamomlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 6 may kuni ayblanuvchilar J.B., O.M., E.Q., M.X.,larga nisbatan JKning 179-modda (Soxta tadbirkorlik), 1881-moddasi 3-qismi «a,v» bandlari (Pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat), 184-moddasi 2-qismi «a» bandi, 184-moddasi 3-qismi (Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 168-moddasi 4-qismi «a,v» bandlari (Firibgarlik) va 243-moddalari (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan, M.G.,ga nisbatan esa JKning 179-modda, 1881-moddasi 3-qismi «a,v» band, 184-moddasi 2-qismi «a» bandi, 184-moddasi 3-qismi, 168-moddasi 4-qismi «a,v» bandlari, 243-modda, 167-moddasi, 2-qismi «a, v, g» bandlari ( O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi 2-qismi «b» bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 228-moddasi 3-qismlari bilan avvalgi ayblov to‘ldirilib, shu kuni dastlabki tergov harakatlari tamomlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha «AVTO OLTMISH OY» MChJ bosh ofisdan olingan buxgalteriya hujjatlaridagi ma’lumotlar bo‘yicha 19.344 dan ortiq shaxslardan shartnomalar tuzganligi aniqlangan va ushbu shartnomalar jinoyat ishiga qo‘shilgan.

Tergov harakatlari davomida jami yetkazilgan modiy zarar 47,7 mlrd. so‘m ekanligi aniqlanib, shundan 36,8 mlrd. so‘m undirilgan.

Hozirda jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborish choralari ko‘rilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring