Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliyalik eng keksa egizaklar uzoq umr ko‘rish siri bilan o‘rtoqlashdi (foto)

Avstraliyalik eng keksa egizaklar uzoq umr ko‘rish siri bilan o‘rtoqlashdi (foto)

Foto: «Daily Mail»

Avstraliyaning eng keksa egizak opa-singillari 102 yoshlarini nishonladilar va uzoq umr ko‘rish sirlari bilan o‘rtoqlashdilar. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Konsi Marshal va Leyla Mog 1919-yili Avstraliyaning Berri shahrida dunyoga kelishgan. Hozirda o‘zlari tug‘ilib o‘sgan shaharda istiqomat qilishmoqda. Opa-singillar yashayotgan qariyalar uyida ularning sharafiga ziyofat uyushtirildi, unda qarindoshlari, do‘stlari va boshqa mehmonlar ishtirok etishdi. Choy, shirin kulcha va katta pushti tort dasturxonga tortildi, xona pushti gullar bilan bezatildi.

Marshal va Mog tug‘ilgan kunlarini yaqinlari davrasida yana bir bor nishonlayotganidan juda xursand bo‘lishdi. Chunki o‘tgan yili koronavirusga qarshi kurash bilan bog‘liq karantin cheklovlari tufayli buning imkoni bo‘lmagandi.

Egizaklarning aytishicha, ular hech qachon bir-biridan olisda yashamagan. Uzoq umr ko‘rish sirini so‘rashganda ular doimo suv ichishganini, spirtli ichimliklarni umuman iste’mol qilishmaganini ma’lum qilishdi.

Shuningdek, egizaklarning otasi 104 yoshgacha umr ko‘rganligi haqida xabar berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring