Avstraliyada ikki doza vaksina qabul qilgan odam «omikron» oqibatida vafot etdi
Avstraliyada omikron-shtamm oqibatidagi birinchi o‘lim holati qayd etildi. U koronavirusga qarshi vaksina bilan ikki marta emlangan keksa erkak edi. Bu haqda Yangi Janubiy Uels shtati sog‘liqni saqlash departamentining tvitter-akkauntida xabar berildi.
Ta’kidlanishicha, bemorning salomatligida boshqa muammolar ham bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, «omikron» AQShda koronavirusning dominant variantiga aylanib ulgurdi va kasallanishlar keskin ko‘paygan. O‘tgan hafta Qo‘shma Shtatlarda kunlik kasallanish holatlari o‘rtacha 150 mingtaga yetdi va bu ko‘rsatkich yana o‘sishi kutilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter