Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliya namoyishchilari: «Faxrlanishmas, uyalish kerak!»

Avstraliya namoyishchilari: «Faxrlanishmas, uyalish kerak!»

Foto: «News Front»

Avstraliyaning asosiy milliy bayrami har yili 26-yanvar kuni nishonlanadi. Bu — Avstraliya kuni. Ammo bu yilgi bayram tatimadi: «bu bayramni umuman yo‘q qilish kerak» — ko‘p ming sonli namoyishchilar hukumatdan shuni talab qilib chiqishdi.

Butun mamlakat 26-yanvarni ilk mustamlakachilar oyoq qo‘ygan va qit’aning bir qismi ustidan britan suvereniteti o‘rnatilgan kun sifatida nishonlab keladi. Biroq tub joy aholisi va ularga hamfikr yuzlab avstraliyaliklar bu kunni «Bosqin kuni» deb hisoblashadi. 26-yanvar kuni poytaxt ko‘chalarini to‘ldirgan namoyishchilar bu yurt tub joy aholisiniki ekanini va hech qachon mustamlakachilarning avlodlariniki bo‘lmasligini ta’kidlashdi. Bir so‘z bilan ifodalaganda, bu kundan faxrlanish emas, uyalish kerak...

Foto: «Metro»

Namoyishchilar Avstraliya tub joy aholisining huquqiy  muammolariga e’tibor qaratishni so‘rashdi: ular ko‘pincha cheklovlar, irqchilikdan jabr chekishadi, boshqa fuqarolardan yomon sharoitda yashashmoqda. O‘tgan yuz yillar davomida aborigenlarni qirib tashlash va boshqa joylarga ko‘chirish bo‘yicha kampaniyalar avj olgan, millionlab tub xalq vakillari bu urushlarda halok bo‘lgan.

Shuning uchun ham, aksiya tashkilortchilarining fikricha, 26-yanvarni bayram qilishmas, balki o‘tkazilgan zulmlardan halok bo‘lganlarning xotirasiga hurmat bajo keltiriladigan, keng ko‘lamli ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladigan kunga aylantirish zarur.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring