«AVO bank» faoliyati taqiqlandi
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, bank ustav kapitalining eng kam miqdori 2023 yil 1 sentyabrdan e’tiboran 200 mlrd so‘mni tashkil etilishi kerakligi belgilangan.
Bugungi kun holatiga «AVO bank» AJning (sobiq O‘zagroeksportbank) ustav kapitali 105 mlrd so‘mni tashkil etgan holda bank ustav kapitali miqdori qonunchilik talablariga muvofiqlashtirilmagan.
Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, Bank nazorati qo‘mitasi qaroriga asosan bankka nisbatan kreditlash va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish hamda depozit operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter