Avgustning ilk kunida kutiladigan ob-havo ma’lumoti
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda kam bulutli, issiq ob-havo saqlanib turadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayshi mumkin. Harorat foni ko‘tariladi va 35-40° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayshi mumkin. Havo 36-38° gacha isiydi.
Respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 25-30° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter