Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Audiosi tarqalgan hokim barcha rag‘batlantirishlardan mahrum qilindi

Audiosi tarqalgan hokim barcha rag‘batlantirishlardan mahrum qilindi

Foto: Namangan hokimligi

Avvalroq Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayevning tadbirkor Anasxon Dedabayevni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgan audiosi tarqalgandi.

Bugun, 3 dekabr kuni ushbu masalada Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazoqov boshchiligida kengaytirilgan muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.

Yig‘ilishda Yangi Namangan tumani hokimi J.Abdullayevga «hayfsan» intizomiy jazosi qo‘llanilib, barcha turdagi rag‘batlantirishlardan mahrum qilindi. 

Shuningdek, yig‘ilishda joriy yil davomida ijtimoiy tarmoqlarda shahar va tumanlar hokimliklari, viloyat boshqarmalari, tegishli tashkilotlar rahbarlarining xatti-harakatlari bo‘yicha yoritilgan masalalar ham atroflicha muhokama qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring