«Atletiko» o‘z tarixida 3-bor Yevropa ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi (video)
Fransiyaning Lion shahrida bo‘lib o‘tgan «Marsel» va «Atletiko» jamoalari o‘rtasidagi Yevropa ligasi final bahsi yakuniga yetdi.
Bellashuvda Madrid klubi fransuz jamoasini yirik hisobda mag‘lub etib, o‘z tarixida uchinchi bor ushbu musobaqada g‘alabani qo‘lga kiritdi.
«Atletiko» bunga qadar 2009/10 va 2011/12ғyilgi mavsumlarda ham bosh sovringa ega chiqqan edi. Shu tariqa Simeone shogirdlari ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha «Sevilya» bilan tenglashib oldi.
Bosh murabbiy Diyego Simeone uchun esa ushbu sovrin hisob bo‘yicha sakkizinchisidir. U Madrid klubi tarixida Aragones bilan birga eng ko‘p ovrin yutgan murabbiyga aylanib oldi. Uning hisobida Argentina chempionati (2 bor), Ispaniya chempionati, kubogi, superkubogi, Yevropa ligasi (ikki bor) hamda UYeFA superkubogi g‘olibligi bor.
Marsel Fransiya – Atletiko Ispaniya 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 21 Grizmann, 0:2 – 49 Grizmann, 0:3 – 89 Gabi.
Marsel – Mandanda, Sarr, Rami, Luis Gustavo, Amavi, Zambo-Angissa, Sanson, Toven, Payet (Lopes, 32), Okampos (N’Ji, 55), Jermen (Mitroglu, 74).
Atletiko – Oblak, Vrsalko (Xuanfran, 46), Ximenes, Godin, Lyuka Ernandes, Korrea (Parti, 88), Gabi, Saul, Koke, Grizmann (Torres, 90), Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Vrsalko (23), Amavi (38), Luis Gustavo (75), N’Ji (78), Lyuka Ernandes (78).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter