Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Atambayev sobiq prezident unvonidan mahrum qilindi va so‘roqqa chaqirildi

Atambayev sobiq prezident unvonidan mahrum qilindi va so‘roqqa chaqirildi

Foto: «azattyk.org»

Qirg‘izistonning 2011-2017-yillardagi prezidenti Almazbek Atambayev sobiq prezident unvonidan mahrum qilindi. Mamlakat parlamenti saytida bu borada tegishli hujjat matni e’lon qilingan.

Avvalroq, Atambayev prezidentlarning daxlsizlik huquqidan ham mahrum etilgan edi. Shundan so‘ng, malakatda sobiq rahbar tarafdorlarining namoyishlari ham o‘tkazildi.

Shuningdek, Atambayevga prezidentlik vaqtida bir qancha jinoyatlar sodir etish ayblovi qo‘yilyapti. Korrupsiya, mansabni suiste’mol qilish, jinoyatchi Aziz Batukayevning ozodlikka chiqarilishi shular jumlasidan.

«24.kg» nashrining xabariga ko‘ra, sobiq prezident ichki ishlar organiga so‘roqqa ham chaqirilgan. Ammo u guvoh sifatida borishdan bosh tortgan.  Sobiq rahbar barcha ishlarning qonuniy doirada amalga oshirilishini talab qilmoqda.

 
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring