Atambayev va advokatining tergov qamog‘idagi suhbatini maxfiy tinglash bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
Qirg‘iz Respublikasining sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning advokati Sergey Slesarev bilan MXDQning tergov qamog‘idagi uchrashuvni eshitish fakti bo‘yicha sudgacha tekshiruv boshlandi. Bu haqda Atambayevning oqlovchilaridan bir Zamir Jooshev bildirdi.
Unga ko‘ra ishni Harbiy prokuratura Jinoyat kodeksining «Lavozimni suiiste’mol qilish» moddasining ikkinchi bo‘limi «O‘zi yoki boshqa odamlar uchun foyda va manfaat olish maqsadida yoki boshqa maqsadda qilingan ish» bo‘yicha qo‘zg‘algan.
Zamir Jooshev Atambayevning MXDQning tergov qamog‘idan yana bir oqlovchisi Sergey Slesarev bilan bo‘lgan suhbatining diskini unga noma’lum fuqaro berganini 17-noyabrda ma’lum qilgan. U odam diskni 5-oktyabrdan 6-oktyabrga o‘tar kechasi Oq uy bosib olinganda prezidentning ish kabinetidan topib olganini aytgan. Uning ustiga «AShA - Slesarev - 42 daqiqa» deb yozilgan.
«Men endi Sooronbay Jeenbekovning kabinetidan topilgan deb aniq aytolmayman. Biroq manba o‘sha yerdan olinganini tushuntirdi. Unga ishonmaslikka menda asos yo‘q. Sababi u oddiy fuqaro va bu diskni boshqa joydan olish imkoni yo‘q deb o‘ylayman», — degan u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter