Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«AstraZeneca»ni to‘xtatgan Germaniya va Italiyada emlash kampaniyasi izdan chiqdi

«AstraZeneca»ni to‘xtatgan Germaniya va Italiyada emlash kampaniyasi izdan chiqdi

Foto: «RIA Novosti»

Qator Yevropa mamlakatlarining Oksford universitetining COVID-19ga qarshi vaksinasi («AstraZeneca»)dan voz kechishi vaksinatsiya markazlari yopilib, aholini emlash ishlari izdan chiqishiga olib keldi.

Italiya va Germaniya — «AstraZeneca» vaksinasini to‘xtatishga qaror qilgan ikki eng yirik davlat. Xususan, Germaniyada ushbu vaksinani qabul qilgan 7 kishida qon tomirlar trombi (jumladan, chuqur vena trombozi) kuzatilgandi. Buning oqibatida uch kishi vafot etgan.

Italiyaning «Aifa» dori vositalari agentligi rahbari Nikolo Magrinining aytishicha, Apennin yarimorolida «AstraZeneca» bilan emlangan 8 kishi vafot etgan, 4 kishida esa vaksina og‘ir asoratlar qoldirgan.

Germaniya va Italiyadan tashqari, «AstraZeneca» vaksinasi bilan emlashni Litva, Daniya, Lyuksemburg, Ruminiya, Bolgariya, Norvegiya, Irlandiya, Niderlandiya, Fransiya va hatto ushbu vaksinani ishlab chiqarayotgan Shvetsiyaning o‘zi ham to‘xtatdi.

O‘z navbatida, Germaniyadagi tanqidchilar vaksinatsiyaning to‘xtatilishi shundoq ham sekin ketayotgan emlash kampaniyasiga jiddiy zarba bo‘lishidan ogohlantirishdi. Masalan, emlashga navbatda turgan aksariyat odamlar boshi berk ko‘chaga kirib qolishdi. Shundoq ham avvaldan ishonchsizlik bilan qaralayotgan ingliz-shved vaksinasi xavfsizligi borasidagi mubohasalar yanada kuchayib ketdi. Boshida ushbu vaksinani 65 yoshdan oshgan insonlarga bermaslikka qaror qilgan Germaniya hukumati keyinchalik o‘z qarorini o‘zgartirgandi.

Germaniya ta’lim vaziri Anya Karlichekning ta’kidlashicha, «AstraZeneca» to‘xtatilishi o‘qituvchi va tarbiyachilarni emlash rejasini ostin-ustun qilib yubordi. Uning aytishicha, faqat vaksinatsiyagina bolalar bog‘chalari va maktablarning yopilmasdan ishlashini kafolatlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring