Ashraf G‘anining G‘aznaga tashrifi chog‘ida raketali hujum uyushtirildi
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining G‘azna shahriga tashrifi chog‘ida raketali hujum uyushtirildi, deya xabar beradi «Euronews».
Ashraf G‘ani G‘azna shahri hokimiyati binosida yig‘ilish o‘tkazayotgan paytda ikkita raketa binodan 300 metr nariga kelib tushgan.
Raketa hujumi oqibatida halok bo‘lgan yoki yaralanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Prezident G‘aznada xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazayotgan bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter