Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asakadagi YTHda «Tez yordam» haydovchisi halok bo‘ldi

Asakadagi YTHda «Tez yordam» haydovchisi halok bo‘ldi

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

10-yanvar kuni Andijon viloyati, Asaka tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida N.X. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli hamda haydovchi, 1979-yilda tug‘ilgan, Sh.X. boshqaruvidagi, Asaka tumani ShTTYoBga tegishli bo‘lgan «Damas» ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, «Damas» rusumli avtomobil haydovchisi 41 yoshli Sh.X. olgan og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Ushbu avtomobil yo‘lovchisi 1987-yilda tug‘ilgan U.X. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Mazkur YTH yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deya ma’lum qildi IIV YHXBB Axborot xizmati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring