Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Asakabank»ning Andijon filiali mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

«Asakabank»ning Andijon filiali mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: uzreport.news

ATB «Asaka bank» Andijon filiali boshqaruvchisi va mazkur filial kredit bo‘limi boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ular Andijon shahar, Yuksalish ko‘chasida 5 qavatli turar joy binosi qurilishi uchun «Sh. ifori» MChJga ajratilgan 2.960.000.000 so‘m kredit mablag‘lari maqsadli sarflanmasdan o‘zlashtirib yuborilishiga sababchi bo‘lganlikda ayblanmoqda.

Shundan kelib chiqib, bank filiali (endilikda sobiq) mutasaddilariga nisbatan Jinoyat kodeksi(JK)ning 207-moddasi («Mansabga sovuqqonlik bilan qarash») 1-qismi va 205-moddasi («Mansab vakolatini suiiste’mol qilish») 2-qismi «a» bandi bilan ayb e’lon qilingan.

O‘z navbatida «Sh. ifori» MChJ rahbari M.Sh.ga JKning 167-moddasi («O‘zlashtirish») 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring