«Asaka» bankiga yangi rais tayinlandi
Hukumat qaroriga muvofiq Nodirbek Narzullayevich Saydullayev «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvining raisi etib tayinlandi. Bu haqida Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qildi.
N.Saydullayev ilgari Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter