Arshavin faoliyatini yakunlashi haqida ma’lum qildi
36 yoshli rossiyalik forvard Andrey Arshavin yaqin kelajakda faoliyatini yakunlashi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
«Menimcha, faoliyatim yakuniga oz qoldi», degan Arshavin «Kazakh TV» efirida.
Shuningdek, u futbolni tark etish niyati yo‘qligini ham aytgan.
«Futbol — hayotimdagi sevimli mashg‘ulotim. Men futbolda qolishni istardim. Kim sifatida? Buni hayot ko‘rsatadi», dedi u.
Arshavin 29 may kuni 37 yoshga to‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter