Armanistonda yangi prezident saylandi

Armaniston parlamenti ovoz berishning ikkinchi turida respublikaning yangi prezidentini sayladi. Bu haqda Sputnik Armaniston xabar bermoqda.
Ovoz berish jarayonida prezident etib yuqori texnologiyalar sanoati vaziri Vaagn Xachatryan saylandi. Uning nomzodi uchun 71 deputat – hukmron «Fuqarolik shartnoma» fraksiyasining barcha vakillari ovoz berdi.
Qayd etilishicha, Armanistonning beshinchi prezidentining inauguratsiyasi parlamentning navbatdan tashqari yig‘ilishida bo‘lib o‘tadi.
Avvalgi prezident Armen Sarkisyan shu yilning yanvar oyida iste’foga chiqiishini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter