Armanistonda namoyishlar to‘lqini: yangi bosh vazir saylanishi kutilmoqda
Bugun, 1-may kuni Armaniston poytaxti Yerevan shahrida muxolifat yetakchisi Nikol Pashinyan tarafdorlari Respublika maydonida namoyish boshladilar. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Bugun Armaniston milliy majlisi mamlakat bosh vaziri lavozimiga saylov o‘tkazishni rejalashtirgan. Mazkur lavozimga yagona nomzod Nikol Pashinyan da’vogarlik qilmoqda.
Namoyishchilarni uncha katta bo‘lmagan politsiya guruhi kuzatmoqda. Bundan tashqari, Respublikachilar partiyasi fraksiyasi rahbari Vagram Bagdasaryan vazirni saylash uchun ovoz berish qarori parlamentda muhokama qilingandan keyin qabul qilinishini ma’lum qilgan.
«Armaniston o‘z bosh vaziriga ega bo‘lishi kerak. Men avvaldan saylovga qarshi emasligimiz va majlisni boykot qilmasligimiz haqida gapirganman. Biz hammaning fikrini eshitamiz va keyin qaror qabul qilamiz», — deya bayonot bergan Bagdasaryan.
Ma’lumki joriy yilning 13-aprelida Serj Sargsyan bosh vazir etib tayinlangach noroziliklar boshlangan edi. 23-aprel kuni Sargsyan o‘z lavozimidan iste’fo berganini ma’lum qildi va shu tariqa «baxmal inqilob» amalga oshdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter