Armanistonda ikki kunlik motam e’lon qilindi
Armanistonda 17 va 18-avgust — motam kunlari, deb e’lon qilindi. Yerevanning «Surmalu» savdo markazida yuz bergan portlash qurbonlari xotirlanadi.
Armaniston FVV bergan so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, portlash yuz bergan hududdan 16 kishining jasadi olib chiqilgan, ulardan ikki nafarining shaxsi hozircha noaniq. Halok bo‘lganlar orasida besh yoshli bola va uning homilador onasi ham bor. Olti kishi bedarak yo‘qolgan, ulardan biri Eron fuqarosi.
Eslatib o‘tamiz, fojia o‘tgan yakshanba kuni «Surmalu» savdo markazida yuz bergan, pirotexnika ashyolari saqlanadigan omborda katta portlash sodir bo‘lgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in yuz bergan va qutqaruv ishlari ketayotgan maydon 1 gektar atrofida. Portlash va yong‘in oqibatida umumiy maydoni 2 889 kvadrat metrga teng uch qavatli savdo binosi qulab tushgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter