Armanistonda deputatlar o‘rtasidagi og‘zaki tortishuv mushtlashuvga aylanib ketdi (video)
Armaniston parlamenti yig‘ilishida hukumat a’zolari ko‘z o‘ngida ommaviy mushtlashuv kelib chiqdi, deya xabar berdi «RIA Novosti».
«Yorqin Armaniston» muxolifat fraksiyasining rahbari Edmon Marukyan minbardagi hamkasblarini haqorat qilmaslikka chaqirgandan so‘ng u bilan hukmron «Mening qadamim» partiyasi deputati Sasun Mikayelyan o‘rtasida janjal boshlandi.
Deputatlar o‘rtasidagi og‘zaki tortishuv yoqalashishga olib keldi. Ko‘p o‘tmay parlamentning boshqa a’zolari ham mushtlashuvga qo‘shilib ketishgan. Shundan so‘ng tanaffus e’lon qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter