Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Armaniston prezidenti Pashinyanni bosh vazirlikka tasdiqladi

Armaniston prezidenti Pashinyanni bosh vazirlikka tasdiqladi

Foto:«TASS»

Bugun, 8-may kuni Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan muxolifatchi Nikol Pashinyanni mamlakat bosh vaziri etib tayinlash haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmatiga asoslanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Bundan avvalroq, Armaniston milliy majlisi Pashinyanni mazkur lavozimga saylagan. Jumladan u 53 ta ovoz zarur bo‘lgani holda 59 ta ovoz olgan, 42 ta qarshi ovoz berilgan. Bir hafta avvalgi ovoz berishda u 45 ta ovoz olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17-aprelida Serj Sargsyan Armaniston bosh vazirligiga saylangach, mamlakatda norozilik namoyishlari boshlangan edi. Noroziliklar fonida Sargisyan 23-aprelda iste’fo berishga majbur bo‘ldi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring