Armaniston bosh vaziri iste’fo berdi
Armaniston bosh vaziri Serj Sargsyan iste’fo berdi. Bu haqda uning matbuot xizmatiga tayanib, «RIA Novosti» xabar qilmoqda.
«Sizlarga so‘nggi bor hukumat rahbari sifatida murojaat qilayapman. Nikol Pashinyan haq edi. Men adashdim. Yuzaga kelgan vaziyatning bir nechta yechimi mavjud, ammo men ularning birortasidan bormayman. Bu men uchun emas. Men mamlakatimiz rahbarligidan ketaman», — deyiladi e’londa.
U barcha fuqarolarga, aksiya ishtirokchilariga, ofitserlar, harbiylar va partiyadoshlariga yuzlandi.
«Ko‘cha harakatlari mening bu lavozimni egallashimga qarshi chiqmoqda. Men talabingizni bajarayapman. Mamlakatimizga tinchlik, hamjihatlik va mantiqiylik tilayman», — dedi Sargsyan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter