Arizona aholisi tabiiy yong‘inlar tufayli xavfsiz joyga ko‘chirildi
Arizonaning qariyb 2 mingdan ortiq aholisi shtatda avj olgan tabiiy yong‘inlar tufayli xavfsiz joyga ko‘chirildi, deya xabar berdi «Daily Mail» gazetasi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in shanba kuni Tonto milliy qo‘riqxonasida boshlangan. Kuchli shamol va juda kam namlik natijasida yong‘in nazoratdan chiqib ketgan va qariyb 42 ming gektar maydonni qurshab olgan.
AQSh milliy meteorologiya xizmatining ma’lum qilishicha, bu yong‘in Arizona tarixida kattaligi bo‘yicha yettinchi o‘rinda turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter