Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘m kotibi bilan uchrashdi

Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘m kotibi bilan uchrashdi

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi joriy yilning 29-fevral 1-mart kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Qashg‘ar shahrida bo‘ldi.

Tashrif doirasida bugun, 1-mart kuni Bosh vazir Abdulla Aripov  Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stona hamda ko‘p qirrali sheriklik munosabatlari yuqori darajada rivojlanib borayotgani, bunda O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev va XXR Raisi Si Szinpin o‘rtasidagi yaqin, samimiy va birodarlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, joriy yil yanvar oyida Pekinda bo‘lib o‘tgan Oliy darajadagi uchrashuv ikki tomonlama munosabatlarning yangi davrini boshlab berdi. Davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.

O‘z navbatida, o‘zaro savdo-iqtisodiy almashinuvlarni rivojlantirishda Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni muhim bog‘lovchi «darvoza» vazifasini bajarishi ta’kidlandi.

Uchrashuvda Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash, zamonaviy texnologiya, uskunalarni import qilish hamda to‘qimachilik, mis, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jaligi va boshqa turdagi mahsulotlarni eksport qilish, transport-logistika, energetika, madaniy-gumanitar hamkorlikdagi loyihalarni yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring