Pokistonga yangi prezident saylandi
Pokistonda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida Pokiston Adolat harakati (PTI)dan ko‘rsatilgan nomzod Orif Alviyning qo‘li baland keldi, deya xabar beradi «Anado‘lu» axborot agentligi.
Mamlakatda bugun mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da boshlanib 16:00 da tugagan ovoz berish jarayonlarining dastlabki tasdiqlanmagan natijalariga ko‘ra, Orif Alviy g‘alaba qozongan.
Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 660 nafar deputatdan 352 nafari Alviyni qo‘llab-quvvatlab ovoz bergan.
Qolgan nomzodlar: muxolifat partiyasidan Fazlurrahmon 131, Pokiston Xalq partiyasidan Aitzoz Ahsan 81 ta ovoz olgan.
Pokistonning saylangan yangi prezidenti 5 yillik vazifasiga shu yil 9 sentyabr kuni yakun yasaydigan Mamnun Husayndan so‘ng mamlakat rahbarligi kursisiga o‘tiradi.
Eslatib o‘tamiz, 18 avgust kuni xuddi shu partiya yetakchisi Imron Xon Pokistonning 22-Bosh vaziri sifatida qasamyod qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter