Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Argentina o‘tgan yili yo‘qotgan suvosti kemasini topdi

Argentina o‘tgan yili yo‘qotgan suvosti kemasini topdi

Foto: «RIA Novosti»

Argentina harbiy-dengiz kuchlari 2017-yilning noyabr oyida yo‘qolib qolgan «San-Xuan» suvosti kemasi Atlantika okeani tubidan topilganini ma’lum qildi. Kema bortida 44 kishi bo‘lgan.

Submarina AQShning «Seabed Constructor» kemasi yordamida 800 metr chuqurlikdan topildi.

«San-Xuan» 2017-yilning 15-noyabr kuni Argentinadagi harbiy-dengiz bazasiga qaytishda yo‘qolib qolgandi. Kema bilan so‘nggi aloqadan so‘ng portlashga o‘xshash ovoz qayd etilgandi. Halokatga nima sabab bo‘lgani hanuz aniqmas.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring