«Archako‘cha»dagi pichoqvozlik ishtirokchilaridan birining joni uzildi
Shu yilning 5-iyun kuni Toshkent shahrida xalq orasida «Archako‘cha» nomi bilan mashhur bo‘lgan hududda yoshlar o‘rtasida katta janjal yuzaga kelgani va ikki kishiga pichoq urilgani haqida xabar berilgandi.
Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, o‘sha kuni soat 18.00 va 19.00 orasida Shayxontohur tumani Kichik xalqa avtomobil yo‘lida yoshlar orasida janjal kelib chiqqan. Natijada to‘rt nafar yoshlar pichoq bilan jarohatlangan. Shifokorlarning say’-harakatlariga qaramasdan, kelishmovchilik ishtirokchilaridan biri shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. Shifokorlar ikkinchisining holatini og‘ir deb baholamoqdalar. Yana ikki nafar yigitlarga og‘ir tan shikastlari yetgan.
Mazkur fakt asosida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97 moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov bilan prokuratura organlari shug‘ullanmoqdalar.
Bugun hodisaga aloqador bir nechta shaxslar qo‘lga olindilar. Qolganlarning shaxslarini aniqlash va qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter