Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arab mamlakatlari Qatar bilan diplomatik aloqalarni tiklamoqda — bitim bugun imzolanadi

Arab mamlakatlari Qatar bilan diplomatik aloqalarni tiklamoqda — bitim bugun imzolanadi

Foto: «Anadolu Agency»

Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr, oradan uch yarim yil o‘tib, Qatar bilan aloqalarni tiklashga qaror qildi.

«Al-Jazira» Kuvayt tashqi ishlar vazirligiga asoslanib xabar berishicha, Qatar va Saudiya Arabistoni quruqlik va dengiz chegaralari hamda havo kengliklarini o‘zaro ochishga kelishgan. Har ikki mamlakat o‘rtasida vositachilik qilgan Kuvayt tomoniga ko‘ra, ushbu qaror 4-yanvardan kuchga kirdi.

Bungacha «Reuters»ning AQSh ma’muriyatidagi manbasi Fors ko‘rfazi mamlakatlari sammitida Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr rahbarlari Qatar bilan munosabatlarni tiklash bo‘yicha bitimga imzo chekishi haqida xabar bergandi.

Nashrga ko‘ra, Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad al-Taniy uch yildan beri birinchi marta sammitga tashrif buyuradi (sammit bugun, 5-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi).

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr 2017-yilning iiyunida Qatar bilan diplomatik aloqalarni butunlay uzgandi: qatarliklar terrorizmni qo‘llab-quvvatlash va nomlari sanalgan mamlakatlar ichki ishlariga aralashishda ayblangandi.

O‘z navbatida, Qatar hukumati bu ayblovlar asossiz ekanini qayta-qayta ta’kidlab kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring