Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning yadro doktrinasi insoniyatni yo‘q qilib yuborishi mumkin

AQShning yadro doktrinasi insoniyatni yo‘q qilib yuborishi mumkin

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif.

Foto: «RIA Novosti»

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif AQShning yadro doktrinasi insoniyatni halokatga yaqinlashtirishini aytdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«AQShning yadroviy doktrinasi yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga zid ravishda yadroviy qurolga qattiq bog‘lanib qolgan, bu esa insoniyat tanazzulini yaqinlashtiradi. Hozir biz 1953-yildan buyon halokat soatiga juda yaqin kelganimiz», — deya yozadi u «Twitter»dagi sahifasida.

Juma kuni Pentagon AQShning yadroviy doktrinasini e’lon qildi, unda Rossiya yadroviy kuchlarining rivojlanishiga katta e’tibor qaratilgan. Boshqa potensial tahdidlar orasida Eron, KXDR va Xitoy ham tilga olingan. Pentagon AQShning sa’y-harakatlari kam quvvatli yadro qurollarini ishlab chiqarishga qaratilishini e’lon qildi. Bundan tashqari, doktrinada AQSh o‘zining yadroviy kuchlarini modernizatsiya qilish va «yadroviy uchlik» (qit’alararo raketalar, strategik suvosti kemalari va bombardimonchi samolyotlar) elementlarini rivojlantirishga mablag‘ sarflashda davom etishi ta’kidlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring