AQShning Yevropada maxfiy yadro qurollari mavjudligi haqida xabarlar tarqaldi
AQSh harbiy kuchlari Yevropada yadro quroliga ega bo‘lgan Amerika bazalarining joylashgani bo‘yicha ehtimoliy ma’lumotlarning tarqalishi haqidagi xabarlarni tekshirmoqda. Bu haqda jurnalistlarga Pentagon vakili Jon Kirbi ma’lum qilgan.
Bellingcat internet portali o‘tgan hafta AQShning Yevropadagi yadroviy qurollarini qo‘riqlash vazifasini bajargan harbiylar tergovlar doirasida fleshkartalar yordamida ommaviy o‘quv dasturidan foydalanganliklari haqida xabar berishgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu kartalarda, boshqa narsalar qatorida, Amerika yadroviy qurollari va ular joylashtirilgan bazalar to‘g‘risida ham maxfiy ma’lumotlar mavjud bo‘lgan.
«AQSh havo kuchlari kartalardagi ma’lumotlarning maqsadga muvofiqligini o‘rganmoqda. AQShning barcha qurollari xavfsizdir», dedi Kirbi brifingda. Uning qo‘shimcha qilishicha, Pentagonning siyosati - «biron bir joyda yadro quroli mavjudligini yoki yo‘qligini tasdiqlamaslik yoki inkor qilmaslik».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter