AQShda velosiped «qayta ixtiro» qilindi (video)
AQShda avtopilotli velosiped prototipi ishlab chiqildi. Qachon egasiga kerak bo‘lsa, velosipedning o‘zi uning oldiga keladi.
Bu texnologiya velosipedlarni ijaraga beruvchi servislarga ham qo‘l kelishi mumkin. Mijoz buyurgan joyga velosipedning o‘zi yetib boradi yoki aksincha «uyini» topib keladi.
E’tiborli jihati, loyihaga oddiy qo‘sh g‘ildirakli yig‘ma velosiped asos qilib olingan. Muhandislar velosiped ramasi ort uchburchagini ikkiga ajratib, bitta g‘ildirakni ikkitasiga almashtirishdi, xolos. «Kuchaytirish» doirasida velosipedga ikkita motor va boshqaruv bloki o‘rnatildi.
Hozirgi bosqichda avtopilot velosipedda hech kim o‘tirmaganida ishlaydi. Kim bilsin, kelajakda egasini o‘zi sayr qildirib keladigan velosipedlar ham chiqib qolar...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter