Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yashil tadbirkorlik: SSP Toshkentda kurerlik firmalariga velosiped tarqatdi

Yashil tadbirkorlik: SSP Toshkentda kurerlik firmalariga velosiped tarqatdi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida joriy yilning 23-aprel kuni SSP ko‘magida ayrim ovqatlanish tarmoqlari kurerlariga 200 ta velosiped taqdim etish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad umumiy ovqatlanish sohasida kichik va o‘rta biznes subektlariga ko‘maklashish, ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash, faol va tashabbuskor yoshlarni, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, ekologik toza transport turini rivojlantirishdan iborat.

Tadbirda velokurerlik xizmatlarini rivojlantirish mahalliy tadbirkorlik subyektlariga katta iqtisodiy foyda keltirish bilan birga, aholi bandligini ta’minlashda muhim rol o‘ynashi ta’kidlandi.

Velosiped dunyo bo‘ylab eng keng tarqalgan transport turi bo‘lib, undan bir milliarddan ortiq aholi foydalanadi. Bunday mashhurlik boshqarish qulayligi, harakat xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lib, velosiped yirik shaharlarda tirbandliklardan tez o‘tib olishga yordam beradi. Bu afzalliklar esa kurerlarni velosipeddan faol foydalanishga chaqiradi.

Velosipedda yuradigan xodim piyoda yuradigan xodimga qaraganda 2-2,5 baravar tezroq harakatlanadi, bu o‘z navbatida, buyurtmalar sonini 1,5 baravarga oshiradi va foyda ham ko‘payadi. Yetkazib berish xizmatlari uchun velosipeddan foydalanish boshqa transport turlariga qaraganda, bir qator afzalliklarga ega. Xususan, velosiped tejamkor, qulay, ekologik toza va sog‘liq uchun foydali hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring