Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy viloyati SSP boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Navoiy viloyati SSP boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i etib Shakarov Dilshod Esanovich tayinlandi.

D.Shakarov 1975-yil yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. 1999-yilda Samarqand kooperativ institutini, 2009-yilda Samarqand davlat universitetini, 2024-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan.

2018-2019 yillarda Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar Uchquduq tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Shakarovga qadar viloyat SSP boshqarmasini Merey Omonboyeva boshqargan.

M.Omonboyeva muqaddam JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan aybdor deb topilgan  va ushbu jinoyat ishi doirasida Navoiy viloyati Navbahor tumani sudi unga nisbatan hukm o‘qigan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring